bachki
bilan ulashing
1. Oʻsimlik tanasining, poyasining ostidan, yon-beridan oʻsib chiqqan mayda shoxchalar, nihollar.
-
Daraxt tanasining ostida qoʻshimcha bachkilar oʻsib chiqib, ular daraxtni toliqtirib qoʻyadi. Sharq yulduzi
-
Kimningdir zaif qoʻllari bilan tol chiviqqa chala koʻtarilgan zanglarda onda-sonda charoslar qorayib koʻrinardi-yu, toklarni bachki novda bosib, gʻovlab yotardi. A. Muxtor, Chinor
2. Koʻkligida oʻrib olishga moʻljallab ekilgan makkajoʻxori.
-
Bachki ekmoq. Bachki oʻrmoq.
-
Bachki makkapoyalar pishib yetilganiga qaramay oʻrilmayotir. Gazetadan
-
Shu kunlarda oʻrilgan maydonlarda makkajoʻxori tagpoyasi tez koʻkarib, sal kunda bachkisi silosbop boʻladi. Gazetadan
3. s. t. esk. Bolalar poyabzali.
-
Oʻgʻlim, besh bachkini pullab, ip, mum, sirach, lok olamiz, xoʻpmi?! Oybek, Tanlangan asarlar
4. koʻchma Mayda, arzimaydigan, ikkinchi darajali, keraksiz.
-
Adabiyot bogʻimizda chilpib tashlaydigan bachki novdalar koʻpayib qoldi. Gazetadan
-
Biz bachki mavzularga qarshi kurash olib borishimiz lozim. Gazetadan
-
Men oʻn yildan beri, allaqanday bachki sabablar bilan bir-biridan arazlashib gaplashmay kelgan ikki qoʻshnini tanir edim. Gazetadan
bachki soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bachki barg
-
Dehqonlar shonalaydigan bargni — chin barg, shonalamaydiganini esa bachki barg deb ataydi.
BACHKI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАЧКИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bachki so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar