teran
bilan ulashing
1. kitobiy 1 Biror joydan, masalan, yerning sathidan ancha pastga — chuqurlikka oʻtib kirgan yoki ancha pastdan — chuqurlikdan boshlanadigan; chuqur, choʻnqir.
-
Yerning teran qatlamlari. Teran daryo. Teran quduq. Teran buloq.
-
Uning [M. Qosimovning] qiyofasi va yurish-turishiga sahro sokinligi, teran qatlamlardan nam yuqi topib asta soʻradigan chayir saksovul tomirlarining toʻzimliligi asar qilganga oʻxshardi. A. Muxtor, Davr mening taqdirimda
2. koʻchma Mazmun-mohiyat jihatidan keng qamrovli, chuqur, kuchli.
-
Teran fikr. Romanning teran mazmuni.
-
Onalar, faqat masʼud onalargina goʻdak yigʻisidagi teran maʼnolarni anglay olishi mumkin. E. Oxunova, Hayot gullari
-
Ikki koʻzim sening yoʻling-da, Oʻzim teran xayolga botdim. Gʻ. Shodi
-
Qalbimni allaqanday tiniq, teran bir mung chulgʻab oldi. O. Yoqubov, Yalayman
-
Xalq hayotini gʻoyatda teran tasvirlay bilish muallifdan katta isteʼdod talab etadi. Gazetadan
TERAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЕРАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
teran so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar