ter
bilan ulashing
1. Sochilib yoki toʻkilib yotgan narsalarni qoʻl bilan birma-bir olib toʻplamoq, yigʻmoq.
-
Soylikdan mayda tosh termoq. Oʻtin termoq.
-
Ertalab Begoyim: Gʻulomjonlarning qantak oʻrigi toʻlib yotibdi, terib kelgin, deb tayinlovdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Men yoshlikdan otamga qarashdim, poda boqdim, mashoq terdim. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Don, meva, gul va shu kabilar oʻsimlik hosilini birma-bir olib toʻplamoq, yigʻmoq.
-
Gul termoq. Yongʻoq termoq. Mosh termoq. Olcha termoq.
-
Paxta tersang, toza ter, Chanogʻida qolmasin. Qoʻshiqlar
-
Bahor keldi elimizga — Koʻm-koʻk boʻldi bogʻ, dala. Sevinch toʻlib dilimizga, Terib keldik gullola. I. Muslim
-
Toqqa chiqib terganing Pista bilan bodommi? Qoʻshiqlar
3. Maʼlum tartibda ustma-ust, yonma-yon yoki birin-ketin joylamoq, oʻrnashtirmoq, taxlamoq.
-
Kitoblarni tokchaga termoq. Omborga qovun terib qoʻymoq. Savatga non termoq. Yashiklarga olma termoq.
-
Nigor oyim oshxonada mantilarni qasqonga terib, qozonga uyar, Raʼno boʻlsa, ayvonda kichkina ukalari orasida oʻtirar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
4. Narsalarni teshib yoki teshigidan ip, sim va shu kabilar oʻtkazib, qator, yonma-yon joylashtirmoq, tizmoq.
-
Ipga munchoq termoq.
-
Hayotxon bechora ip eshib, marvaridlarni terishga oʻtirdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Eshonxon chaqqonlik bilan sixlarga kabob terardi. Oybek, Ulugʻ yoʻl
-
Oʻziyam uncha-muncha marjonlardan emas, un ikki shoda-ya! Munchani terguncha, yuraging qon boʻlib ketadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
5. Narsalarni joyidan, orasidan bir-ma-bir yulib, ajratib olib tashlamoq.
-
U [Mulla Shamsiddin] eshik oldidagi supada, oldida bir gʻalvir mayiz, choʻpini terib oʻtirgan edi. A. Qahhor, Bashorat
-
Sigirning qulogʻiga yana kana tushibdi! Kanadan ham koʻra sigir uning [Baqoyevning] achchigʻini keltirar edi: kanani teray desa, qoʻymaydi, boshini silkiydi, pishqiradi. A. Qahhor, Adabiyot muallimi
6. plgrf. Bosish, nashr etish uchun tipografik belgi va harflarni tegishli tartibda joylashtirib, biror matn hosil qilmoq.
-
Eʼlonni yirik harflar bilan termoq.
7. Ayrim belgi yoki raqamlarni yonma-yon, birin-ketin olib, keltirib, biror butun-lik hosil qilmoq.
-
Laʼlixon gaplashish uchun telefon oldiga bordi, trubkani qoʻliga olib, kerakli nomerlarni tera boshladi. Oydin, Koʻngli toʻldimi, yaxshi yigit
8. Saralamoq, tanlamoq.
-
Futbol komandasiga kuchli oʻyinchilar terib olindi.
-
Polklardan ajratib, terib olingan hujumkor otryadlar artilleriya otishmalaridan soʻng dushman ustiga tashlandi. Nazarmat, Joʻrlar band sayraydi
9. Ketmon, tesha, bolta kabi asboblar yuzini bolgʻalab tekislamoq, yoymoq yoki oʻtkirlamoq.
-
Ketmon yuzini termoq. Tesha tigʻini termoq.
ter soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gʻisht termoq
-
Sidiqjonning diqqati oʻng tomondagi toʻqayining ochiq yeriga terib qoʻyilgan son-sanoqsiz gʻishtga jalb boʻldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Binoning gʻishtini termoq;
-
Hovli sahniga gʻisht termoq.
Bez termoq
Rizqini termoq
-
Shuning uchun odamlarning hojatini chiqarib yura turay, tuzuk ish oʻzi chiqib qoladi, degan oʻyda sochilgan rizqini terib yura berdi. A. Qahhor, Asarlar
Toshingni ter
TER so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЕР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ter so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar