terga
bilan ulashing
1. Tekshirmoq, nazorat qilmoq; taʼqib ostiga olmoq, kuzatmoq.
-
Xizirov kibrlik bilan: — Maorifning ishini tergay olmaysiz. Nima qilsam, oʻzim bilaman, — dedi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
[Mastura:] Shoh boʻlsang, sabab oʻgʻirlik qilgan fuqarolaringni tergamaysan? A. Qahhor, Bashorat
-
Chol bolalarning nojoʻya harakatlarini tergab, mudirga yetkazib turar edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Hammaga adolat qilding, Qoraxon, Tergamading buzuq, battol qizingni. Ravshan
2. Nojoʻya harakatlarini nazoratda tutib, undan tiyish xatti-harakatlarini, yoʻllarini qilmoq; yomon yoʻldan qaytarib turmoq.
-
Men sizga oʻgʻilman, farzandingizman. Urishishga, soʻkishga, tergashga haqqingiz bor. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
Qayliq sizniki boʻlgandan keyin, tergash, tiyish ham siznikidir. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. huquq Tergov qilmoq; tergov, soʻroq qilib aniqlamoq.
-
Qoʻrboshi esa Otabekning ustida hali bunchalik tergashlar borligi uchun oʻzini bir oz toʻxtatib qoldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
TERGA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЕРГА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
terga so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar