teri
bilan ulashing
1. 1 Odam va hayvon tanasining tashqi qoplami, tana aʼzolarini tashqi taʼsirlardan himoya qiluvchi va turli fiziologik vazifalarni bajaradigan poʻsti.
-
Teri kasalliklari. Quyonning terisini shilmoq.
-
Tortqilaganda, uloqning terisi ayrilib ketmaydi. Boʻlmasa, tort-tortda uloq butun qoladimi! T. Murod, Ot kishnagan oqshom
2. Molning, hayvonning shilib olingan poʻsti.
-
Shu yerda ishlaydigan odamlardan biri, yoʻqchilik vajidan, bir kuni bola-chaqasi bilan otning terisidan shoʻrva qilib ichibdi. A. Qahhor, Millatchilar
-
Xon borib, arslon terisiga oʻtirdi, Arslonbekni oʻzining oʻng tomoniga oldi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
3. Mol poʻstidan maxsus ishlov berib tayyorlangan material; charm, koʻn.
-
[Shokir ota] Teriga suv purkaydi va koʻva bilan doʻq-doʻq urib, charmni tekislaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Uyda bir oz teri bor. Ammo tagcharm yoʻq. Oybek, Tanlangan asarlar
4. kam qoʻll. Poʻst, poʻchoq.
-
Terisi qalin qovun.
-
Bogʻdagi anorlar terisiga sigʻmay, tars-tars yoriladi. Yo. Shukurov, Uch savol
teri soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir terining ichida qoʻy necha ozib, necha marta semiradi
-
— Bir terining ichida qoʻy necha ozib, necha marta semiradi, — dedi salmoqlab boy, — kishining boshiga yomon kunlar ham tushishi mumkin. Oybek, Tanlangan asarlar
Terisi yupqa
-
Himm, terisi yupqa ayol emasmi, shu gap baho-na boʻlibdi-yu, Meni boʻshatib, qoloq brigadaga yuborasizlar, deb turib olibdi. N. Safarov, Katta karvon yoʻlda
Terisi qalin
-
Terisi qalin kassir esa: — Eplasang sen ham qil, — deb boʻzrayib turaverdi. Mushtum
Terisiga sigʻmaslik
-
Elchibek bu xabardan terisiga sigʻmay ketdi. Har holda, dastlabki gʻalaba. A. Muxtor, Tugilish
-
Quvonch bilan qoʻl berib soʻrashdi. Terimga sigʻmay ketdim. Oydin, Hikoyalar
Terisiga (yoki terisini shilib) somon tiqmoq
-
Yaxshiki, boyagi gaplaringizni oʻgʻlim eshitmadi, yoʻqsa, teringizga somon tiqqan boʻlar edi M. Osim, Ajdodlarimiz qissasi
-
Menga doʻppisi emas, oʻzi kerak. Oʻzini tiriklay tutib kel! Terisini shilib, somon tiqmagunimcha xumordan chiqmayman. N. Safarov, Koʻrgan-kechirganlarim
Terisini shilmoq (yoki shilib olmoq)
-
Uning [Musulmonqulning] oʻz kayficha oyda emas, haftada solib turgan soliqlari fuqaroning terisini shilsa ostirib, kestirib turishi xosni ham esankiratdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Xamirni yupqa yoyib, uchburchak, toʻrtburchak shaklida kesib, yogʻda pishiriladigan taom.
TERI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЕРИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
teri so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar