tergov
bilan ulashing
1. Tergamoq feʼlidan harakat nomi.
2. huquq Jinoyat yuz bergan sharoit, uning sabablari va qatnashchilarini tekshirish, soʻroq qilish ishi; jinoiy ish boʻyicha dalillar yigʻish.
-
Dastlabki tergov. Tergov organlari. Tergov natijasi. Tergov oʻtkazmoq.
-
Sherbek rayonga joʻnadi. Uni yana tergovga chaqirishgan edi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Rayon tergov idoralarining vakillari tomonidan jinoyat sodir boʻlgan joyda tekshirish oʻtkazilib, tegishli aktlar tuzilgandan keyin, jasadni aravaga solib, qishloqqa olib keldilar. P. Tursun, Oʻqituvchi
tergov soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tergov qilmoq
-
Dadasi uni [Nizomjonni] uyga boshlab kirdi-yu, oʻtqazib, tergov qila boshladi. S. Ahmad, Ufq
-
Aybdorni tergov qilmoq.
-
U [mingboshi] avvalo Gʻulomjonni yeng ichida tergov qilib, yeng ichida jazo berish-u, shu bilan undan oʻch olish niyatida edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
TERGOV so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЕРГОВ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tergov so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar