hazillash
bilan ulashing
1. Hazil tarzidagi gap-soʻz aytmoq, biror ish, xatti-harakat qilmoq; hazil qilmoq.
-
Xafa boʻlma, askiyani yaxshi koʻradi, men kelgan vaqtlarimdayam hazillashaverib, quloqmiyamni yegandi xumpar. Y. Muqimov, Olov va nihollar
-
Saodatxon ham bu qizni bugungina koʻrganligini oʻylamas, hazillashar, kular edi. S. Zunnunova, Yangi direktor
-
Men bilan hazillashsang mayli-yu, biroq kapitan bilan hazillasha koʻrma. O. Yoqubov, Izlayman
2. Biror shaxs yoki narsa bilan hisoblashmagan holda, nopisand, mensimay munosabatda, muomalada boʻlmoq; oʻynashmoq.
-
Siz kasalsiz, axir, tushuning, gipertoniya bilan hazillashib boʻlmaydi. H. Nazir, Yonar daryo
-
— Akang juda tentak, juda boʻlimsiz yigit, — dedi nihoyat poʻngʻillab boy, — axir, amaldorlarimiz, hokimlarimiz bilan hazillashib boʻladimi?! Oybek, Tanlangan asarlar
HAZILLASH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАЗИЛЛАШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hazillash so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar