jo‘r
bilan ulashing
Toʻrgʻaylar oilasiga mansub sayroqi qush.
-
— Bu joylar chiroyli ekan, — dedi bola osmonda mushtdekkina boʻlib qotib turgan joʻrni endi koʻrib, — nega meni ilgari opkemadiz qishlogʻizga! S. Nurov, Narvon
Mos tushgan, mos, ohangdosh, hamohang, uygʻun.
-
Ularning ovozi juda bir-biriga joʻr.
-
Dehqonboy ham Kamoljon qoʻshigʻiga qoʻshilishdi, biroq uning ovozi joʻr tushmadi. N. Safarov, Olovli izlar
-
Dilga dil, tilga koʻngil albatta joʻr ovoz ekan. Gʻ, Gʻulom
jo‘r soʻzi qatnashgan jumlalar:
Joʻr boʻlmoq
-
Qizlar childirmaga joʻr boʻlib, Hamza Hakimzoda yozgan qoʻshiqni aytib kelishardi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Kuy Oyqiz yuragiga juda yoqib tushdi shekilli, ichida unga joʻr boʻldi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Koʻzi koʻrga joʻr boʻlsang ham, dili koʻrga joʻr boʻlma. Maqol
JO‘R so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖЎР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
jo‘r so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar