hazilakam
bilan ulashing
1. so‘zlashuv tili Hazil yoʻli bilan qilingan, nojiddiy.
-
Rahmatli Usta Moʻminga kechalari jangnoma oʻqitib eshitganlarimiz esingizdami? Oʻsha hazilakam urushlar toʻgʻrisida lof-qof urilib yozilgan jangnomalarga shunchalar qiziqar edik. A. Qahhor, Asror bobo
2. Bajarilishi qiyin boʻlmagan, oson.
-
Ilgari juda qulay boʻlib koʻringan narsa, endi atroflicha oʻylaganda, hazilakam emasligi ravshanlashdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Endigi kurash hazilakam boʻlmaydi. H. Shams, Dushman
-
Bu obrazlar ustidagi mehnatlarim hazilakam boʻlmagan A. Yusupov, Chinor va nihol
HAZILAKAM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАЗИЛАКАМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hazilakam so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar