po‘k
bilan ulashing
1. Ichi chirigan yoki kavak.
-
Poʻk daraxt. Poʻk yogʻoch. Bu tolning ichi poʻk.
-
Nusratbek ham shunday qildi. Biroq rediska poʻk ekan. Tuflab tashlashga uyaldi. S. Nurov, Narvon
2. Biror kasallik tufayli daraxt tanasidan oʻsib chiqadigan, gʻovak toʻqimadan iborat oʻsimta; daraxt buqogʻi.
-
Tolning poʻki.
-
Tut poʻkidan sariq boʻyoq sifatida foydalanilgan.
-
Bu jangga dushman oʻz ixtiyoridagi hamma narsani tashladi; uning orqa tomoni qurigan daraxtdek poʻkdir. H. Olimjon, Tanlangan asarlar
3. koʻchma Semiz, lekin kuchi kam; xom-semiz.
-
Dalaning koʻkiga, odamning poʻkiga ishonma. Maqol
-
Mehnat qilib oʻrganmagan Kamol poʻk edi, bir-ikki siltanib, qoʻllarini Nodirdan zoʻrgʻa boʻshatib oldi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
4. koʻchma Maʼnosiz, sayoz, boʻsh (umri qisqa).
-
Zamon poʻk narsani tez unutdirar, Yaʼni turgʻunlikdan hayot oʻch olar, Eski loy qalʼa yoʻq, qissasi turar, Yerga choʻkib ketgan eski koʻchalar. M. Shayxzoda, Toshkentnoma
5. sheva Poʻkak, tiqin.
-
Tarelka yonida yotgan pichoqni olib, uning uchi bilan shisha ogʻzidagi poʻkni olmoqchi boʻldi. Sh. Rizo, Qor yogʻdi, izlar bosildi.
-
[Mingboshi] Shishaning tagiga yoʻgʻon shapalogʻi bilan ikki marta urdi, poʻk sachrab chiqib, shipga tegdi, soʻngra u yerdan sachrab, tokchadagi katta jomga kelib tushdi; jar-r-rang etdi jom. Choʻlpon, Kecha va kunduz
po‘k soʻzi qatnashgan jumlalar:
Poʻk bermoq
-
Nima balo boʻldi, ering ikkovimizning ishimizni sezib qolganmi deymanov, yoki poʻk berib qoʻydingmi? [dedi yigit xotinga]. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
Poʻk uchmoq
-
— Omon ham mening gapimga poʻk uchgan boʻlsa kerak, ikki gapning birida haha, haha, deb qoʻyar edi, — dedi Shum bola. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
taql. s. Ichi boʻsh yoki kavak narsani urganda, qizdirilmagan childirmani chertganda, yurakning qattiq urishida chiqadigan tovush haqida.
-
Pishgan qovoq chertilsa, poʻk etadi.
-
Ahyon-ahyonda shampanskiyning poʻk etgan ovozi eshitilib qoladi. Mushtum
-
Dutorning tingʻir-tingʻiri-yu childirmaning poʻk-poʻk tovushini atrof yutib yuborayotganday edi. Yoshlik
po‘k soʻzi qatnashgan jumlalar:
Poʻk etib
-
Qizing besh-olti kun yigʻlab-siqtab koʻnikib ham qolar. Oʻtdami, suvdami besh-olti kunda poʻk etib unisi ham oʻlsa, ana undan keyin oʻzining xohlaganiga berarmiz, esidan ham chiqib ketar. Hamza, Tanlangan asarlar
-
Nima, ajali yetib, iyakni qoqishga qarab qoldi, poʻk etib oʻlsa, boʻlganimiz boʻldik. Hamza, Tanlangan asarlar
PO‘K so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПЎК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
po‘k so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar