puchuq
bilan ulashing
1. Yassi, yopishgan yoki shikastlangan (burun haqida).
-
Rahimjon juda xunuk edi: qip-qizil goʻsht, puchuq burnida dogʻlar, boshida tuk. A. Muxtor, Tugʻilish
2. Qanshari past, burni yassi, yopishgan, kichik yoki shikastlangan.
-
Puchuq bola.
-
Koʻsa va puchuq xonning boshidagi qimmatbaho toji xuddi sigirga urilgan egardek besoʻnaqay qoʻnqayib turardi. M. Osim, Elchilar
-
Puchuqning kelishdan maqsadi faqat shu yozib beriladigan xatgina edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Bizni haqorat qilib savayotgan kishi shu yerlarning egasi, mashhur Azim puchuq degan boy ekan. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
3. Bolalarga nisbatan erkalash, suyish maʼnosida qoʻllanadi.
-
Puchuq qizim, muncha shirinsan.
-
Kichik Telman, sal puchuqqina, qoragina, oʻzi shoʻxgina. Mirtemir, Asarlar
4. Joʻmragi singan yoki uchgan.
-
Puchuq choynak.
-
Boyagi gapni ayt, deyapman! Sen puchuq obdasta oʻlgurga kim qoʻyibdi birovlarning ishiga aralashishni? S. Ahmad, Choʻl shamollari
5. koʻchma Yapasqi, uchi kemtik (poyabzal haqida).
-
Puchuq etik,
-
Oyoqlarida kavush oʻrniga puchuq kalish. Yoshlik
PUCHUQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПУЧУҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
puchuq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar