puchak
bilan ulashing
1. 1 Ichi boʻsh; puch.
-
Puchak shar. Ballon puchak boʻldi.
2. koʻchma Hech narsaga arzimaydigan, qimmati tushib ketgan; qadrsiz, puch.
-
[Gʻofir:] Bu yorugʻ dunyoga nima uchun keldik? Nainki muhabbat, doʻstlik, muruvvat, odamgarchilik degan ulugʻ gaplarni bozorga olib chiqsalar, puchak pulga sotsalar! Hamza, Boy ila xizmatchi.
3. koʻchma Asossiz, puch.
-
U [Mashhadiy] sultonlarni, beklarni puchak, lekin koʻz qamashtirgich yaltiroq soʻzlar bilan madh etmoqqa mohir. Oybek, Navoiy.
4. Qoʻlidan ish kelmaydigan; quruq.
-
Shunday ulugʻ ishlarda kishilarning saragi sarakka, puchagi puchakka chiqadi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar.
PUCHAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПУЧАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan PUCHAK so‘ziga berilgan ma’nolar
puchak so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Keyingi 10 ta so‘z
puchak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar