pushaymon
bilan ulashing
Oʻz qilmishi uchun ruhiy ezilish hissi; afsuslanish; afsus, nadomat.
-
Pushaymon boʻlmoq (yemoq, qilmoq). Soʻnggi pushaymon — oʻzingga dushman. Maqol
-
Iqror boʻldim: gunohim yoʻqdir, Ochiq yurib topgan kishimdan Va beizn qilgan ishimdan Pushaymonim va ohim yoʻqdir. H. Olimjon
pushaymon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Pushaymon boʻlmoq (yoki yemoq, qilmoq)
-
Otasi jahl ustida shundoq qilayotganini, zum oʻtmay pushaymon boʻlishini, butun umidlari shu qizidan ekanini biladi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Qudratning oʻzi ham koʻchib kelishganiga pushaymon yedi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Gulnor aytganiga pushaymon qildi, xatosini toʻgʻrilash uchun soʻzlashmoqqa majbur boʻldi. Oybek, Tanlangan asarlar
PUSHAYMON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПУШАЙМОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
pushaymon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar