ilova
bilan ulashing
1. Aytilgan gapga, izhor qilingan fikrga yoki biror asarga qoʻshimcha tarzida aytilgan yoki berilgan narsa, qoʻshimcha izoh.
-
Qarorning ilovasi. Kitobning ilovasi. Asarning oxirida ilovasi bor.
-
Viloyatlar, shaharlar va tumanlarning maktablarni bir smenali mashgʻulotga oʻtkazish haqidagi ilovada koʻrsatilgan takliflari qabul qilinsin. Gazetadan
2. Kitob, gazeta yoki jurnalga qoʻshib chiqaril(adi)gan alohida nashr.
-
Afandi gazetasi Mushtum jurnalining ilovasidir.
ilova soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ilova qilmoq
-
[Latofat] Direktorning hamon indamay turganini koʻrib: — Uch yil qishlogʻimizdagi maktabda oʻqituvchilik ham qildim, — deb ilova qildi. S. Karomatov, Hijron
-
Seleksiya ilmiy-tadqiqot instituti hayotiga doir nihoyatda muhim bir hujjatni ilova qilish joizdir. Mirmuhsin, Umid
ILOVA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИЛОВА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ilova so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan ILOVA so‘ziga berilgan ma’nolar
ilova so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar