iltijo
bilan ulashing
Xudoga, ilohiy kuchga sigʻinib panoh tilash; umuman, yalinib-yolvorib, oʻtinib soʻrash; oʻtinchli iltimos.
-
Nazr-u niyozlarini oyogʻi ostiga toʻkib, duo qilishni iltijo bilan soʻradi. K. Yashin, Hamza
-
Zamiraning bu iltijosi, temir tobutni quchoqlagancha parchin boʻlib yotishi har qanday bemehr odamning ham yuragini ezib yuborardi. E. Usmonov, Yolqin
iltijo soʻzi qatnashgan jumlalar:
Iltijo qilmoq
-
Axir xudoning rahmi kelar, deb unga iltijo qilishdan toʻxtamadim S. Zunnunova, Gulxan
-
Abdubilol esa, hech kimning gapini eshitmay, duoga qoʻl ochishlarini iltijo qila boshladi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
ILTIJO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИЛТИЖО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
iltijo so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar