ilg‘or
bilan ulashing
1. tarixiy Qoʻshinning oldingi qismi, avangardi.
-
Yarim kechada Boburning ilgʻorlari darvozaga sekin yaqinlashganlarida, Abu Yusuf va Muhammad Sultonning navkarlari darvozaxona ustidan ularga kamon oʻq otib, bir qancha kishini yarador qildi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. koʻchma Ishda, taraqqiyotda oldinda boruvchi, peshqadam.
-
Paxtachilik ilgʻorlari.
-
Biz kelajak taraqqiyotiga, barcha ilgʻor mamlakatlardagi singari, dunyoviy davlat qurish orqali boramiz. E. Yusupov, Istiqlol yoʻlida
-
Trestdagi ilgʻor binokorlar qatori Yodgorni ham tantanali kechaga taklif qilishdi. U. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. koʻchma Taraqqiyot, rivojlanishga, olgʻa siljishga xizmat qiluvchi; yangilikka boshlovchi.
-
Safoxon toʻra oʻzining odamparvarligi, ilgʻor fikrlari bilan qolgan mudarrislardan ajralib turar edi. K. Yashin, Hamza
-
Ilgʻor ish usullari, yangi texnika va texnologiyani qoʻllash tufayli yaxshi natijalarga erishilayotir. Gazetadan
ILG‘OR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИЛҒОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ilg‘or so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar