ayb
bilan ulashing
1. Rasm-qoidaga yoki odob-axloq meʼyorlariga xilof ish, xatti-harakat; gunoh.
-
Oʻz aybiga iqror boʻlmoq. Aybini boʻyniga qoʻymoq. Aybini yashirgan oʻngmas. Maqol
-
U Oyqizning yoniga keldida, aybiga iqror boʻlgan gunohkordek, maʼyuslik bilan gapirdi. Sh. Rashidov. Gʻoliblar
2. huquq Qonunga xilof xatti-harakat; jinoyatga tortishning zarur sharti.
-
Toʻrt nafar harbiy Vatanga xiyonat qilishdagi aybi uchun sudga tortildi. Gazetadan
3. Kishi uyaladigan, xijolat tortadigan xatti-harakat; uyatli ish, uyat.
-
Soʻraganning aybi yoʻq. Maqol
-
Orzuga ayb yoʻq. Maqol
-
[Xolisxon Tojiboyga:] Qoʻying, xafa boʻlaman. Bu oʻzimning ukam, ayb boʻladi. Hamza, Xolisxon
4. Meʼyorni, odatiy holatni buzuvchi belgi-holat, narsa; kamchilik, nuqson.
-
Har toʻkisda bir ayb. Birovning aybiga kulmagil zinhor, sening aybingga ham kulguvchilar bor.
ayb soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ayb qilmoq
Aybga buyurmaysiz
-
Aybga buyurmaysiz, oʻgʻlim meʼmorlikni oʻrgansin, otasidek sangtarosh boʻlib qolmasin, dedim. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Endi, mehmonlar, aybga buyurmaysizlar, mening qiladigan ishim, boradigan yerim koʻp. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Endi, aybga buyurmaysiz, negadir koʻnglim sizga tortdi, uka. Gazetadan
Aybga qoʻshmaysiz
Ayb qilmoq
-
Kanizak dasturxon yozib, ovqat keltirdi. U bir kosa oshni Samandarovning oldiga qoʻyar ekan: — Ayb qilmaysiz-da, Maqsudali aka, xolam soʻk oshi qilibdilar, — dedi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
AYB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АЙБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ayb so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar