aya
bilan ulashing
1. Rahm-shafqat qilmoq, rahmdillik qilmoq.
-
Ayamasdan urmoq. Ayamasdan tanqid qilmoq. Yovni ayagan yara yer. Maqol
-
Devlarni ayamang, oʻldiring, Zargar. Malikayi ayyor.Zulfiya opa mugʻambir va aldoqchini va ayniqsa ayyor odamni yomon koʻradi, ayamaydi. Saodat
2. Ehtiyot holda tutmoq, ehtiyotlik bilan munosabatda boʻlmoq.
-
Ayagan koʻzga choʻp tushar. Maqol
-
Baʼzi ota-onalar bolalarini ayagan boʻladilar-da, ularni hayot uchun yaroqsiz, jismoniy zaif qilib qoʻyayotganlarini bilmay qoladilar. S. Zunnunova, Olov
3. Darigʻ tutmoq, hayf koʻrmoq; qizgʻanmoq.
-
U mendan hech narsani ayamaydi.
-
Maʼnaviyatni mustahkamlashga mehnat va mablagʻni ayamoq oʻzini kelajakdan mahrum qilish demakdir. Gazetadan
-
[Insof-diyonatli odam] qoʻli kaltalardan muruvvatini ayamaydi. Gazetadan
-
Mehnatingni ayamasang, suv boʻlsa, oʻzing ham, moling ham toʻq. S. Siyoev, Yorugʻlik
AYA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АЯ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
aya so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar