sirtmoq
bilan ulashing
1. Arqon, chizimcha va shu kabilarning boʻyinbogʻ shaklida suriladigan va siqiladigan qilib bogʻlanadigan uchi.
-
Sirtmoq solmoq. Dorning sirtmogʻi.
-
Qari soldat dor tagidagi toʻnkalarni qimirla-tib koʻrdi, sirtmoqning tugunini sinchiklab tekshirdi. X. Sultonov, Bir oqshom ertagi
-
— Rahmonqul dorga osiladigan boʻlsa, men oʻzim sirtmoq tashlab beraman, — dedi Gʻani ota. Gʻ. Gʻulom, Mashʼal
2. koʻchma Asorat, siquv, iskanja.
-
Ajal sirtmogʻi.
-
Agar senga oʻxshaganlardan yana bir-ikkitasi boʻlsa, pokiza hayotning bulgʻalanishi, sof muhabbatning tuhmat sirtmogʻida jon berishi hech gap emas! deganimni oʻzim ham sezmay qoldim. M. Jabborov, Sevinch yoshlari
-
Agar ishlari chappasidan kelsa-yu, Shayboniyxonning qopqoniga tushsalar, ajal sirtmogʻi eng avval Boburning boʻyniga tushishini hammalari bilardilar. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
SIRTMOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИРТМОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sirtmoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar