sirg‘al
bilan ulashing
1. aynan Sirpanmoq 1.
-
Osmonoʻpar imoratlardan zavqlanib, goh oʻngga, goh soʻlga zehn solib borarkan, tasodifan oyogʻi sirgʻalib, chalqanchasiga qulab tushibdi. Mushtum
2. Surilib, aylanib ketmoq.
-
Ketmonning silliq dastasi qoʻlida sirgʻalib ketavergach, kaftiga tuflab qoʻydi. Yoshlik
3. Sirt ustida pastga qarab sekin harakatlanmoq.
-
Bola otasining qoʻlidan sirgʻalib tushib, oʻzi chopqillab ketdi. M. Mahmudov, Mangu kuy izlab
-
Xonzoda begimning soʻlgʻin yuziga koʻzlaridan yosh sirgʻalib tushdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Kampirning yonoqlari boʻrtib chiqqan. Roʻmoli sirgʻalib, yelkasiga tushgan. T. Malik, Ajab dunyo
4. Sezdirmasdan, sekingina surilmoq, siljimoq, yurmoq.
-
Deraza oldidan ikkita sharpa sirgʻalib oʻtdi. Oʻ. Hoshimov, Nur borki, soya bor
-
Ruqiya chaqqonlik bilan hovlidan sirgʻalib chiqib ketdi. K. Yashin, Hamza
SIRG‘AL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИРҒАЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sirg‘al so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar