baraka
bilan ulashing
1. Biror narsaning (asosan, noz-u neʼmatlar, ekin hosili) kutilgan darajadan moʻlligi, serobligi.
-
Baraka koʻtarildi. Baraka yoʻqoldi. Janjalli uyda baraka boʻlmas. Maqol
-
Gʻoʻza chilla suviga qonsagina, xirmonga baraka kiradi. Gazetadan
2. Olloh beruvchi nasiba, neʼmat; ehson.
-
— Xudo baraka bersin, teraveringlar! — deb fotiha berdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Xudo umringga, molingga baraka bersin. Hamza
3. Biror narsa yoki harakatdan keluvchi foyda, naf; samara, unum.
-
Qaytgan molda baraka bor. Maqol
-
Yigʻlama, yigʻidan hech kim baraka topgan emas! A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
-
Meni olib nima baraka topding? Nuqul gʻavgʻoga qolasan. Yoshlik
4. koʻchma s.t. Qoʻshaloq koʻsak va shunday koʻsakda ochilgan paxta; qoʻshaloq meva.
-
Etakka yopishgan toʻngʻiztaroqlarni yulib tashlab, baraka qidirishlari ham, gʻoʻzalar orqasiga yashirinib olgancha, qizlarga xom koʻrak otib shoʻxlik qilishlari ham — hamma-hammasida allanechuk quvnoq, zinhor-zinhor qaytib kelmas orzular bor edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
baraka soʻzi qatnashgan jumlalar:
Barakasi ketdi yoki baraka koʻtarildi
-
Bir kun janjal chiqqan uydan qirq kun baraka koʻtariladi. Maqol
Xirmonga baraka!
Qoʻlida baraka yoʻq yoki qoʻlining barakasi yoʻq
Baraka top (koʻr)
Bor baraka, bor baraka top, baraka de(ng), baraka qil(ing)
-
Qani, ha, uka, baraka de, baraka delardan keyin yarim soatcha savdolashib, molni bir soʻm oʻn tiyinga sotdik. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
-
Qoʻlni bering, boring, baraka toping, olti yuz. S. Nurov, Narvoy
Boriga baraka
-
Boriga baraka, u yogʻini ogʻzaki boplayman. A. Qahhor, Asarlar
BARAKA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАРАКА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
baraka so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar