barakalla
bilan ulashing
1. Kimsaning biror harakatidan mamnunlikni, maʼqullash, maqtovni anglatadi.
-
Barakalla, yigit. Mana bunisiga qoyil! K. Yashin, Hamza
-
— Barakalla, chevarim. Balli, himmatli qizim, — deb Nor ota soʻzini zavqlanib tugatdi. Q. Muhammadiy
-
Barakalla, barakalla, ajab qilibsizlar! Xoʻp qilibsizlar! M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. Maʼqullash, tasdiq maʼnosini anglatadi.
-
Barakalla, mana endi oʻzingizga keldingiz. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. Norozilik, qoniqmaslik maʼnosini anglatadi.
-
— Barakalla-ye! — dedilar masxara qilganday kulib. E. Raimov, Ajab qishloq
-
[Kumush:] — Doʻppi tikib oʻtiribsiz-ku, mening oldimga chiqarmidingiz, barakalla sizga! — dedi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
BARAKALLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАРАКАЛЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
BARAKALLA so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan BARAKALLA so‘ziga berilgan ma’nolar
barakalla so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
barakalla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar