bar
bilan ulashing
Ust kiyimning ikki yon etagi.
-
Bola terga pishib ketgan edi, etak bari bilan yuzidagi terini artib olib, bizga salom berdi. N. Safarov, Tanlangan asarlar
-
Tabibiy yaktagining barini bosa-mosa irgʻib turdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
bar soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bar urmoq
-
Ota-bola choponlarining etaklarini bar urib, qazuvga joʻnab ketdilar. J. Sharipov, Xorazm
-
Aldar koʻsa etagini bar urib, boynikiga joʻnabdi. Aldar koʻsa
Baridan tutqazmaslik
-
Choʻl shamoli esadi, Tutqich bermay baridan. N. Narzullayev
-
Bir tomondan, yoshlikning zalvorli qadami, beqiyos koʻrki, u baxsh etgan tuygʻular, boshqa yoqdan esa, shu soʻlim faslning subhidam shamolidek bar tutqazmay oʻtib ketishi haqidagi oʻylar qoʻshilib, shoir koʻnglida hislar ummonini yaratdi. Yoshlik
Arabcha va forscha-tojikcha soʻzlarga qoʻshilib, biror sifat-belgiga egalikni, davomiylikni, yoʻnalishni ifodalovchi soʻz (sifat)lar yasovchi, ba- qoʻshimchasi bilan deyarli bir xil boʻlgan qoʻshimcha.
-
Bardavom, barqaror.
1. Kichik restoran, mayxona.
-
Yigit-qizlar qoʻnoq tunlar barlarda, Ur-toʻpolon, tintuv chorrahalarda. E. Oxunova, Men tongni uygʻotdim
2. Turli xil ichimliklar saqlanadigan kichik bufet (yoki servant, javonning bir boʻlmasi, tokchasi).
Dengizning qirgʻoqqa yaqin qismida yoki daryolarning dengizga quyilish joylarida hosil boʻladigan kambar qum toʻsiq, qumloq; sayozlik.
fizika mtr. Bosimning MKS birliklar tizimidan tashqari birligi. Meteorologiyada: atmosfera bosimining oʻlchov birligi.
BAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar