jild
bilan ulashing
1. Biror narsa ustidan kiydiriladigan, qoplab qoʻyiladigan gʻilof.
-
Yostiq jildi. Toʻshak jildi.
-
[
-
Gulnora Sobirova] Qoʻlidagi koʻrpa jildini mashinadan chiqarib, oʻzi nafis qilib solgan gullarni zavqlanib koʻzdan kechirdi. Gazetadan
2. Ilgarigi vaqtlarda maktab bolalari portfel oʻrnida ishlatgan xalta.
-
Esingiz-da bormi, boʻynimizga jild osib, Urfon maktabiga qatnagan kunlarimiz? A. Qahhor, Sarob
-
Dehqonboy aka hali-hali koʻz oldidan ketkaza olmaydi: Yelkasida jild. Bir burda non, meva-cheva solingan Gazetadan
-
Koʻk jildimda alifbe va bir burda non, Birinchi bor qadam qoʻydim maktab tomon. E. Vohidov, Nido
3. Somsaning jiddiy Somsaning qiymani oʻrab turgan, koʻpincha qat-qat xamir qismi.
-
Mantisining qiymasiga ichak-chovoq ishlatar, somsasining jildiga jir, demakki yogʻ ishlatar. Mushtum
-
Undan keyin oshpaz yigit mudirlikka keldi. Ammo parmuda somsaga usta edi. Men jild ochib berib turardim, u tugib tashlayverardi. S. Ahmad, Hikoyalar
Koʻp qismli badiiy yoki ilmiy asarning har bir nashr qilingan qismi; tom.
-
Qishi bilan bir necha jild kitob yozish mumkin. A. Qahhor, Sarob
-
Ming jild kitob oʻqib, bir johilga gap topib berolmasam, mana bu kallani nimaga koʻtarib yuribman? S. Siyoyev, Yorugʻlik
JILD so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖИЛД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
jild so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar