jil
bilan ulashing
1. Joyidan qoʻzgʻalmoq, siljimoq, surilmoq.
-
Otaqoʻzi joyidan jilmadi, choyi sovib qolgan piyolani qoʻlida aylantirganicha oʻyga toldi. O. Yoqubov, Diyonat
-
Necha soatdan beri oʻrnidan jilmay tik turgan Avaz beixtiyor bir qadam olgʻa bosdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Yarim soatcha oʻtgandan keyin, mashina jildi. H. Gʻulom, Toshkentliklar
2. Boshqa yerga koʻchmoq, ketmoq.
-
Daraxt bir yerda koʻkaradi Otang rahmatlik umr boʻyi shu yerdan bir qadam jilgan emas edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
3. koʻchma Yurishmoq, olgʻa bosmoq.
-
Shu kurs bilan ishim oz-oz oldin jildi. Gʻ. Gʻulom
JIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan JIL so‘ziga berilgan ma’nolar
jil so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
jil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar