baqraytir
bilan ulashing
1. Koʻzlarini katta ochib, chaqchaytirib qarab turib (gʻazabdan yoki nazar-pisand qilmaganday).
-
Hakimboyvachcha Gulsumbibini kuch bilan siltab tortdi, koʻzlarini piyoladay baqraytirib bobilladi: Bas, uyatsiz maxluq! Oybek, Tanlangan asarlar.
-
Akmal akam sal nariroq turgan boʻlsa ham mayliga edi, koʻzini baqraytirib turib soʻragani nimasi?N. Fozilov, Qush qanoti bilan.
2. Koʻzlarini bir nuqtaga tikkan holda uyqusiz.
-
Ayvonda koʻzimni baqraytirib yotibman-u, shularni oʻylayman. E. Raimov, Ajab qishloq.
baqraytir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Odamning koʻzini (yoki koʻzingni) baqraytirib
-
Odamlaring yaramas boʻlsa, oʻgʻrilarga yoʻl ochiq. Kuppa-kunduzi koʻzingni baqraytirib talaydilar Oybek, Quyosh qoraymas.
BAQRAYTIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАҚРАЙТИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
baqraytir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar