baqray
bilan ulashing
1. Hayrat va taajjubdan, qoʻrquvdan yoki gʻazabdan koʻzlarini katta ochib, chaqchayib qaramoq, tikilmoq.
-
Ha, maymun oʻynatyapmanmi, nega menga baqrayib qaraysan? Saodat
-
Oʻtirgan paranjili xotinlardan biri bularga hadeb baqrayib qaragan yosh qizchasini yetalab, chetga chiqdi. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Beriroqda oʻtirganlar nima haqida bahs ketayotganiga uncha tushunolmay, bir-biriga baqrayishardi. H. Nazir, Koʻkterak shabadasi
-
-Baqraymang, mulla Muhsin, — dedi kulimsirab Xatib domna A. Qodiriy, Gʻirvonlik Mallavoy
-
Boqijon ogʻzini ochib, baqrayib qoldi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
2. Koʻzlari katta ochilgan holda qotib turmoq.
-
Keyin koʻzlari oʻlgan buzoqning koʻzlariday baqrayib qoldi. K. Yashin, Hamza
-
Sayd avval baqrayib turdi-da, keyin Madinaning gapini tushundi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
BAQRAY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАҚРАЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
baqray so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar