baqiroq
bilan ulashing
1. Baqirib, shangʻillab gapirishga odatlangan; shangʻi.
-
Baqiroq chol. Baqiroq tuya — noring, Baqiroq ota — ma-doring. Maqol
-
Xoʻjayin — baqiroq odam. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Oʻzi qoʻrqoq boʻlsa ham, oʻlgudek baqiroq, vahima. A. Muxtor, Chinor
2. Hadeb ovoz chiqaraveruvchi, notinch (hayvonlarga nisbatan).
-
Baqiroq sigir sut-siz boʻlar. Maqol
-
Yolgʻiz bola yigʻloq boʻlar, Yolgʻiz tuya baqiroq boʻlar. Maqol.
-
Baqiroq echkiday muncha shangʻillaysan. J. Abdullaxonov, Xonadon
3. koʻchma Shovqin-suronli; guldurosli.
-
Oftob aksi tushib naqshlarga boʻgʻiladi baqiroq bozor. X. Davron, Bolalikning ovozi
-
Baqiroq bulutlar qanday yaxshi! Sharillatib yomgʻir yogʻib yubordi. Mirmuhsin, Umid
BAQIROQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАҚИРОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
baqiroq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar