baqir
bilan ulashing
1. Bor ovoz bilan qichqirmoq, shovqin solmoq.
-
Katta daryo hayqirmas, aqlli kishi baqirmas. Qanotli soʻzlar
-
Olaxoʻja tovushining boricha baqiradi: — A!? Targʻil hoʻkiz oʻlib qoldi? Nima?Nega oʻlar ekan? P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Bektemir koʻkragiga sigʻmagan hayajon va mehrni ifodalagandek, gʻayrishuuriy ravishda baqirib yubordi. Oybek, Quyosh qoraymas
2. Ogʻriqsan yoki qoʻrquvdan dod solmoq, dod-faryod koʻtarmoq.
-
[Salimboyvachcha] Har on, har lahza falokatni kutdi. Goʻyo Gulnor hozir oshni ichadi-da, darrov baqiradi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Lali bexosdan: Dod, oʻlaman, deb baqirib yubordi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Voydod! deb baqirmoqchi boʻlaman, ovozim chiqmaydi. H. Nazir, Yonar daryo
3. Ovozi boricha baqirib dagʻdagʻa qilmoq, doʻq urmoq, poʻpisa qilmoq. —
-
Baqirmang, — dedi xoʻmrayib Yoʻlchi, — shu vaqtga davr eshitdim, chidadim, endi-chi? Yoʻq! Oybek, Tanlangan asarlar
-
[Moʻlton Mutalga:] Baqirgingiz kelsa, xotiningizga baqiring! O. Yoqubov, Larza
-
Uning birovga baqirganini, stol mushtlaganini Zumrad koʻrgan emas. S. Siyoyev, Otliq ayol
4. koʻchma Chiranmoq, gerdaymoq.
-
Bor — baqirar, yoʻq — chaqirar. Maqol
BAQIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАҚИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
baqir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar