baqiriq
bilan ulashing
1. Qoʻrqinch, dahshat yoki ogʻriqdan qilinadigan dod-faryod, qichqiriq.
-
Vahimali baqiriq koʻpga choʻzilmadi, yana jimlik choʻkdi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
-
Toʻqayda olov lovullab yonayotgan qamishzor tomonidan baqiriq koʻtarilib qoldi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
2. Xursandchilik, xushchaqchaqlikni ifodalovchi baland ovoz, qiyqiriq, hayqiriq.
-
Toʻyxonadan yigitlarning baqirigʻi eshitilib turar edi. Ularning [yoshlarning] baqiriq, chaqiriq, qahqahalari uzoq-uzoqlarda aks-sado berdi. Sharq yulduzi
3. Bor ovoz bilan qilingan dagʻdagʻa, poʻpisa, doʻq.
-
Kishandagilar zanjirlarini shildiratishar, zindonbonlarning baqirigʻi ularni oʻylatib qoʻydi. Mirmuhsin, Tungi chaqmoqlar
-
[U [Toirov] siqiq ostiga olish, doʻq-poʻpisa, baqiriq bilan ishni tashkil etish mumkin, deb oʻylaydi. Gazetadan
-
Ilgariroq bu aql-u farosat qayda edi, achchigʻ-u tizziq, baqiriqlar, oʻqilmagan nikohga taloq aytishlar. M. M. Doʻst, Lolazor
BAQIRIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАҚИРИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
baqiriq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar