barakali
bilan ulashing
1. Toʻkin-sochin, moʻl-koʻl, yaxshi natijali.
-
Koʻklam doʻl, jala boʻlishiga qaramay, barakali hosil olishga erishdik. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Xirmonimiz barakali boʻlsa, davlatimiz, xalqimiz oldida yuzimiz yorugʻ boʻladi. Gazetadan
2. Mavjud holatidan qati nazar koʻpchilikka yetadigan; foydali; tatimli.
-
[Tosh-xon:] Ha, juda barakali qozon, oʻziga ham yuz chelak suv ketadi. Uygʻun, Hayot qoʻshigʻi
3. Serunum, sermahsul, samarali.
-
Barakali ish. Barakali mehnat.
-
Ertalabki terim unumli, barakali boʻladi. Yoshlik
-
Bu raqamlar keksa sanʼatkorning barakali umrini va uning xalq oldida qilgan katta xizmatlarini kishining xotirida jonlan-tiradi. T. Obidov, Yusufjon qiziq
barakali soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qoʻli barakali
-
Choʻloq boʻlsa ham, qoʻli barakali. Ekini har yili ham chakki boʻlmaydi Oybek, Tanlangan asarlar
BARAKALI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАРАКАЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
barakali so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar