baravar
bilan ulashing
1. sifatdosh Oʻlchami, hajmi, katta-kichikligi, son-qiymati, harakati jihatidan bir xil, teng.
-
Boʻyi baravar devor. Baravar hajmli shishalar. Yoshi baravar bolalar. Baravar vaqt oraliqlari.
-
Bolaga oila ham, maktab ham baravar tarbiya berishi, odob-axloq oʻrgatishi kerak. Gazetadan
-
Anvar har kim uchun sevimli va xushmuomalasi barchaga baravar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Ikkala ot bir qiyomda, baravar qadam tashlab borar edi. A. Qahhor, Asarlar
2. ravish Bir vaqtda, bir paytda; bir-biridan qolishmay.
-
Baravar ishlamoq. Baravar joʻnamoq. Oʻrnidan baravar turmoq.
-
U eshikdan kirganda, dahlizda oʻtirgan uch kishi baravar oʻrnidan turib salom berdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Karvon ketidan kelayotgan ikki sarboz orqadan eshitilgan nogahoniy chinqiriqdan baravar toʻxtashdi. S. Karomatov, Soʻnggi barxan
3. Sanoq sonlar, shuningdek, “necha“, bir necha soʻzlaridan keyin kelib, shu miqdor darajasida qaytarilganlikni, karralilikni ifodalaydi.
-
Brigada hosildorlikni ikki baravar koʻtarishga muvaffaq boʻldi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Knyaz suv pulini uch baravar oshirib yuboribdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
[Otabek] uning [Kumushning] husndagina emas, aqlda va boshqada Zaynabdan necha baravar yuqorida ekanini angladi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Kutganidan bir necha baravar ortiq kaltak yegan dushman aql-hushidan ozayotgan edi. N. Safarov, Olovli izlar
4. “Birga“, shuningdek maʼnolarini ifodalaydi.
-
Lekin shu bilan baravar, Mirzakarimboy Yoʻlchining butun siymosida katta jasorat va gʻurur sezdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Nuri bu yigit toʻgʻrisida koʻproq narsa bilishni istash bilan baravar, bu qizning unga munosabatini ochish kabi yashirin bir niyat bilan gapni chuvalatdi. Oybek, Tanlangan asarlar
5. 3-shaxs egalik, joʻnalish yoki oʻrin-payt kelishigi shakllarida kelib, koʻmakchi vazifasida qoʻllanadi (baravarida).
baravar soʻzi qatnashgan jumlalar:
Baravar kelmoq
-
Qoplarning ogʻirligi baravar keldi. Kirim bilan chiqim baravar keldi;
-
Tarozining pallalari baravar keldi;
-
U bilan baravar kelib boʻladimi?
-
Unga yosh-u qari baravar. Besh qoʻl baravar emas. Maqol
-
Oʻzing bilasan, qachon qarasang, katta-kichikka baravar, hamisha kambagʻallar foydasini koʻzlaydi. H. Shams, Dushman
Baravar koʻrmoq
-
Ota-ona oʻz farzandlarini baravar koʻradi.
BARAVAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАРАВАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
baravar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar