isqirt
bilan ulashing
1. Juda ham kir; yagʻir, iflos.
-
Bekning koʻziga boʻyniga toʻrva osgan yupun ayol koʻrindi. Koʻylagi yirtiq. Oppoq bilaklari isqirt. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Hovlida tinmay-qoʻnmay xizmat qilib yurgan paxmoq sochli, isqirt kiyimli yosh-qari xotinlar ham anchagina. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Shunday holatga nisbatli haqoratni bildiradi.
-
Mingboshi oʻrnidan dast turib, Qudratga oʻdagʻaylandi: — Yoʻqol koʻzimdan, isqirt! M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
3. koʻchma Chiqit, keraksiz (narsa, kimsa).
-
Isqirt boʻlib laqillab yuramanmi, dedim-da, orqamdan oʻpkasini qoʻltiqlab yurgan Maxzumovga turmushga chiqib oldim. Gʻayratiy, Dovdirash
-
20kishiga moʻljallangan bu oshxonaga 150 kilogramm non olinib, shundan 30 kilogrammi isqirtga chiqarkan. Gazetadan
ISQIRT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИСҚИРТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
isqirt so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar