issiq
bilan ulashing
1. ot Jism tarkibidagi molekulalar harakati (yonish, kimyoviy reaksiya va shu kabilar) natijasida yuzaga keladigan va jismlarni qizdiradigan, isitadigan kinetik energiya; issiqlik, harorat. Quyoshning issigʻi. Olovning issigʻi.
-
Issiq birmuncha boʻshashgandek tuyulsa ham, dimlik zaptida edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Sharofatxon supaning chetiga kelib oʻtirdi, oq shohi roʻmoli bilan yelpinib, issiqdan shikoyat qildi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. ot Kasallikda yuzaga keladigan (koʻtariladigan) harorat; isitma.
-
Oftob oyim erining soʻzini kuchlab tushdi: Issigʻi bor, yuzi ham qizarib, boʻrtib turibdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Issigʻim koʻpligidan suv ustiga suv ichar edim. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. sifatdosh Yuqori haroratli, biror manba harorati bilan isigan, qizigan; issiq holatli.
-
Issiq suv. Havo issiq.
-
Shundoq issiq kunda qora koʻylak kiyishidan azadorligi bilinib turardi. S. Ahmad, Ufq
-
Sherbek uning qoʻlini issiq kaftlari orasiga oldi. S. Anorboyev, Oqsoy
4. sifatdosh Issiqlikni saqlaydigan, issiq tutadigan.
-
[Egnida] Issiq va yangi palto, oyogʻida ichi jun botinka, qorakoʻl qalpoq, qorni toʻq. Mirmuhsin, Umid
-
Issiq kiyingan yoʻlovchilar dam-badam burun va quloqlarini ushlab, oʻz tashvishlari bilan yugurib-yelardilar. Oʻ. Usmonov, Sirli sohil
5. ot Qozon ovqati, pishirilgan (issiq) taom.
-
Yaxshiyam shu qoʻshning bor ekan, dugonang. Boshim yostiqqa tegganda, oʻzi, bolalari oʻtib, bir qoshiq issiq qilib beradi, doʻxtir chaqirib keladi. S. Nurov, Narvon
-
Kechadan beri [Kumushning] ichiga issiq kirgani yoʻq. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Hammamiz deyarli har kun bir qoshiq issiqqa muhtojmiz. A. Qodiriy, Kichik asarlar
6. sifatdosh Koʻchma Kishiga xush keladigan; yoqimli.
-
Yulduzxon unga yengilgina bosh irgʻadi va bir kulib qaradiki, Muhiddin shu vaqtgacha qizlar kulgisining bu qadar jozibali, chiroyli, issiq boʻlishini sira uchratmagan edi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
Luqmoncha xuddi yumalaganday yugurib, medpunktga kirib borarkan, Elchibek uni chaqirib, bir issiq gap aytgisi keldi. A. Muxtor, Tugʻilish
issiq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Issiq joy (yoki oʻrin)
-
Mavlon bilan Navroʻz oʻz issiq joylarini tashlab kolxozning paxtasini gʻayrat bilan terayotgan yoshlarning ishlaridan hayron qoldilar. S. Ayniy, Qullar
-
Sababi boʻlmasa, kim issiq oʻrnini tashlab, qum tepaliklari orasida sargardon boʻlib yuradi! Mirmuhsin, Meʼmor
Issiq jon
-
Issiq jon. Men ogʻrib yotarman, bir qoshiq suvga muhtoj boʻlarman. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Issiq jon deydilar, jon boʻlsa boʻlar, Payt kelsa, chechak ham sargʻayar, soʻlar. A. Oripov, Yillar armoni
Issiq urishi (yoki elitishi)
-
Yozda, saratonda yoki issiq binoda uzoq ishlaganda, issiq elitishi mumkin. OʻzME
Issigʻida
-
Buva naridan-beri choyini ichib, yana yoʻlga tushdi. Omonatni issigʻida egasiga topshirish kerak-ku. Mirmuhsin, Bir xumcha tilla
-
Yo bu uydan issigʻida keting, yo xulqingizni tuzatib oling! H. Gʻulom, Toshkentliklar
Istarasi issiq
-
Dadasi deyman, doʻstingiz Olimjonni juda maqtab yubordi-yu qizingiz bir narsani bilar ekan-da, haytovur, shu yigit koʻzimga issiq koʻringan edi. O. Yoqubov, Chin muhabbat
-
Hoy, menga qarang, koʻzimga issiq koʻrinasiz. Yopiray, Karim aka, meni tanidingizmi? N. Safarov, Sharq tongi
Odamning yuzi issiq
-
Mahmud bobo boshliqni topib olib, boplab soʻkmoqchi edi. Lekin odamning yuzi issiq-da, unga duch kelib, koʻzlari koʻziga tushgach, ancha boʻshashdi. Gazetadan
Temirni issigʻida bosmoq
ISSIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИССИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
issiq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar