ista
bilan ulashing
1. Ixtiyor etmoq; xohlamoq.
-
Koʻnglingiz nima istaydi? Istagan narsangiz topiladi. Men sizni ranjitishni istamayman.
-
Xayribibi, Komiljonning onasi — Mehrixonni qoʻmsab, hasratlashib oʻtirishni istab qoldi. D. Nuriy, Osmon ustuni
-
Lekin Gulchehra Sulton bilan Dilbar oʻrtasida gʻov boʻlishni sira-sira istamasdi. M. Xayrullayev, Tilla marjon
2. sheva Axtarmoq, izlamoq, qidirmoq.
-
Siz kimni istab edingiz?
-
Zar qadrini biladi zargar, Koshki zargar boʻlsa jononim; Zoʻr mashaqqat boʻlsa ham agar, Istab kelsa meni mehmonim. Yo. Mirzo
-
yonidan papiros chiqardi-yu, choʻntagini kovlab, gugurt istab qoldi. S. Ahmad, Saylanma
ISTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИСТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ista so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar