istak
bilan ulashing
1. Ehtiyoj his-sezgisi; xohish, mayl.
-
Bunga istagi yoʻq. Istagi bor. Istak bildirmoq. Oʻz istagi bilan ish qilmoq. Istagiga qarshi chiqmoq.
-
Insonning erkiga toʻsqinlik qilish ham, uning istak va intilishini poymol qilish ham vahshiylik. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Lekin koʻnglida esa, koshki shunday boʻla qolsa, degan istak hukmronlik qilar edi. S. Zunnunova, Gulxan
2. Oʻzgaga qaratilgan, kimsaga nisbatan boʻlgan yaxshi niyat; tilak.
-
Istak shuki, yosh avlod boʻlsin Kelgusining husni va naqshi. E. Rahim
-
choʻponni tabriklashdi, yaxshi istaklar bildirishdi. Gazetadan
Tok poyalarini bogʻlash uchun ishlatiladigan novda (asosan, tol novda-si).
-
Bogʻ ochilganiga bir hafta boʻldi, bogʻbonning qoʻlida istak. S. Ahmad, Kolxozda bahor
-
Uzoq oʻylab oʻtirmay, tut, qayragʻoch va tol kabi daraxtlardan istak chilpidim Istaklarni belbogʻimga qistirib, ishkomga kirdim. A. Qodiriy, Jinlar bazmi
ISTAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИСТАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
istak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar