issiq-sovuq
bilan ulashing
1. Issiq va sovuq; har xil darajadagi havo sharoiti.
-
Oʻlim yetib keldi. U eng avval suyaklari juda moʻrt va etlari issiq-sovuqqa chiniqmagan goʻdakni nishonga oldi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Och qolib, issiq-sovuq demay kurashganimizni farovon turmushni orzu qilganimizni xotirlashdi. K. Yashin, Hamza
2. Koʻchma Hayotning yaxshi-yomon, ogʻir-yengil kunlari, har xil sharoitlari.
-
Yusufbek hojining: — Oʻgʻlim yosh, sen dunyoning issiq-sovugʻini totigan va mening ishongan kishimsan — deb taʼkidlashi quloqlari ostida takrorlangandek boʻlar edilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
[Boshliq] Qirq beshlar chamasida, ancha pixi qayrilgan, issiq-sovuqni boshdan kechirgan. S. Abdulla, Kuyovlar, kelinlar
3. Issiq va sovuq taomlar, kundalik yeyiladigan, ichiladigan narsalar.
-
Temir polvonning oʻgʻil-qizlari ahyon-ahyon uning issiq-sovugʻidan xabar olib turishardi. Q. Kenja, Notanish gul
4. etn. Kishini goʻyo biror kimsaga isitadigan yoki undan sovitadigan amal, duo va shu kabilar narsalar.
-
Dala-yu dashtlarda odamlarni kuf-suf qilib, ezibichki yozib berib, issiq-sovuq qilib, binoyidek tirikchilik qilib yuribman. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
-
Keyingi qildirgan issiq-sovugʻi kor qildi, shekilli, biratoʻlasiga Margʻilonni tiliga olmayoq qoʻydi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
ISSIQ-SOVUQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИССИҚ-СОВУҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
issiq-sovuq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar