issiqlik
bilan ulashing
1. Issiq holat (daraja).
-
Qum barxanlari silsilasi uzra jimirlab harorat koʻtarilar — bu yerda issiqlik juda baland boʻlishiga qaramay, Meʼmor qiynalmay nafas olar edi. Mirmuhsin, Meʼmor
2. aynan Issiq 1.
-
Reaktorda boʻladigan issiqlikni chiqarib tashlash uchun ikki konturli sistema qoʻllanadi. Fan va turmush
-
Kumush issiqlik va elektrni boshqa metallarga qaraganda yaxshi oʻtkazadi, yorugʻlikni yaxshi qaytaradi. Gazetadan
3. Xalq tabobatida: yuqori kaloriyali taom, yegulik-ichkiliklar (qazi, palov, shirinlik va boshqalar)
-
Yalpiz. Issiqlik siqib chiqarilgan seliga picha sirka qoʻshib ichilsa, ichki aʼzolarda sodir boʻladigan qon quyulishini toʻxtatadi. K. Mahmudov, Koʻkda gap koʻp
-
Sharq xalqlari orasida ovqatlarni issiqlik va sovuqlik deb boʻlib ham yuritiladi. N. Ismoilov, Kasallarni parvarish qilish
4. tibbiy Qattiq terlash va terning sekin bugʻlanishi oqibatida yoki birorta kasallik tufayli terida paydo boʻladigan toshma, pufakchalar.
-
Bolaning badaniga issiqlik toshibdi.
5. koʻchma Yaxshilik, foyda, yorugʻlik.
-
Dehqon bundan issiqlik chiqishiga ishonchini yoʻqotgach, asabiylashgan holda qichqirdi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
ISSIQLIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИССИҚЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
issiqlik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar