qarshilik
bilan ulashing
1. Qarshi ekanlik.
-
Sening bu ishga qarshiligingni bilaman.
-
Ul har narsa desa, faqat Margʻilondan uylanganingga qarshiligidan aytadir. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Qarshi fikr, norozilik, eʼtiroz.
-
Qarshilik bildirmoq.
-
Qarshilik yoʻq bu ishga, Ulfat ahli yor. Gʻayratiy
-
Gavharning qarshiligiga qaramay, ikki marta suratga oldi-yu, rahmat aytib, burilib ketdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. Qarshi harakat, aks taʼsir.
-
Dushman qarshiligini yengmoq. Qarshilikka duch kelmoq.
-
Faqat yaxshi oʻrab tuzilgan manyovr bilangina dushman qarshiligchni sindira oldik. N. Safarov, Olovli izlar
-
Har qanday yangilik eskilikning qarshiligiga uchraydi, bu — qonuniy. S. Anorboyev, Oqsoy
qarshilik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qarshilik qilmoq
-
Hayot qoʻlini sekin tortib oldi, Gʻulomjon qarshilik qilmadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Avaz qarshilik qilay desa, qoʻli kishanda. S. Siyoyev, Yorugʻlik
QARSHILIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАРШИЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
QARSHILIK so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan QARSHILIK so‘ziga berilgan ma’nolar
qarshilik so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
qarshilik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar