qasd
bilan ulashing
1. Albatta amalga oshirish koʻzda tutilgan, jazm etilgan qatʼiy niyat; azm-qaror, ahd.
-
Uydan chiqishdanoq uning [ Otabekning] qasdi bu kunni dalada oʻtkazmoq edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
U Munisxondan uni sovitish qasdida edi. A. Qahhor, Sarob
2. Haqorat, yomonlik uchun javob qaytarish (hisoblashish) niyati; adovat, oʻch, alam.
-
Qasd qilmoq. Birovga qasd qilma.
-
Sen jinni boʻldingmi? Yo menda boshqa bir qasding bormi? Latifalar
-
Mening fashizmdan boʻlak hech kimda qasdim yoʻq. Uygʻun.
-
Shermuhammadning esa xotin joʻnidan menda qasdi bor. K. Yashin, Hamza
3.
qasd soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qasd qilmoq
-
Ertadan boshlab beparvoroq boʻlishga qasd qildim. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Agar Gʻulomsher qasd qilsa, har qanday ishning uddasidan chiqishiga hamma ishonar edi. Oybek, Nur qidirib
Joniga qasd qilmoq (yoki etmoq)
-
Botiralining joniga qasd qilgan kim boʻlsa ham, yurtning qargʻishiga qoldi. H. Gʻulom Mashʼal.
Joningda qasding bormi?
-
Joningda qasding bormi, buncha aroqning ketidan quvmasang. Mushtum
Qasdiga tushmoq
-
Dushman tushar davlatlining qasdiga. Oysuluv
Qasdida boʻlmoq
-
Uyingiz orqasini teshib, Kumush qasdida boʻluvchi ham shu battol Homid ekan. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
QASD so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАСД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qasd so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar