qarshi
bilan ulashing
1. Tarafdor boʻlmagan, tarafdor emas, maʼqul deb bilmaydigan, zid fikrdagi.
-
Ikkinchi uylanishga Otabek butunlay qarshi boʻlib, faqat bu qudalarning-gina ishlaridir. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Shanbalikka koʻp odam kelishiga qarshisan A. Qahhor, Qanotsiz chittak
-
men ham Kumushni Toshkent yubormoqqa qarshiman. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Xilof, ziddiga ish tutuvchi; muxolif yoki dushman.
-
Qarshi tomonlar. Qarshi kuchlar.
-
Ustoz Qavom shunday moʻtabar zotning farzandi saltanatga qarshi boʻlgani, nobakor chiqqaniga afsuslanadi. Mirmuhsin, Meʼmor
3. Boshqasini inkor etadigan, uning ziddi boʻlgan.
-
Bir-biriga qarshi fikrlar. Qonunga qarshi xatti-harakatlar.
-
Boʻtaboy akamga qarshi gapirsam ham mayligami? A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
4. Roʻbaroʻ joylashgan yoki yoʻnalgan; qarama-qarshi, roʻbaroʻ.
-
Qarshi oqim. Qarshi shamol. Koʻchaning qarshi tomoni. Qarshida turgan odam. Qarshidagi bogʻ.
-
Oyqiz qarshi tomondan kelgan shamol-toʻpolonni yorib, hamon oldinga intilardi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Yotoqxona oldiga kelganimizda bir bola qarshimizdan chiqib qoldi. Oʻ. Umarbekov, Shonli avlod
-
Otabek uchun eng nozik sa
-
nalgan bu masala qarshidagi javob kutib oʻtirguvchilarni nihoyat zeriktirdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
5. (j.k. bilan — -ga qarshi) koʻm. vzf.
6. 1) zidlik (zidlash) munosabatini bildiradi; zid (xilof) holda.
-
Uning ovozi istagiga qarshi baland jaranglamadi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Qutidor, odatiga qarshi, bozordan kunduz soat uchlarda qaytib keldi-da, Otabekni soʻradi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Endi adolatga qarshi xiyonat qilish yarashmaydi. Oybek, Tanlangan asarlar;
7. 2) oʻzi birikib kelgan soʻz anglatgan narsani daf etish, yoʻq qilish, oldini olish va sh.k. ga qaratilganlik maʼnosini bildiradi.
-
Ichkilikbozlikka qarshi kurash. Hasharotlarga qarshi dori sepmoq.
-
Kasalning oldini olish choralaridan eng muhimi vaqtida tepkiga qarshi emlatishdir. Saodat
8. koʻm. vzf. esk. ayn. (3-sh. ega/shk va oʻ.-p. k. shaklida, b.k. bilan — qarshisida) oldida
-
Shuning uchun kutmagan hol qarshisida bir oz dovdirab qoldi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Inobatxon kutilmagan bu achchiq muomala qarshisida borliq-yoʻqliq holda qoldi. Mushtum
qarshi soʻzi qatnashgan jumlalar:
Baxtga qarshi
Qarshi ataka
-
Besh marta qarshi ataka qilib, hech ish chiqara olmagandan keyin A. Qahhor, Oltin yulduz
Qarshi bormoq
-
Umrimda birinchi martaba koʻngil orzusiga qarshi bor-dim. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Erining raʼyiga qarshi borishdan foyda yoʻqligini bildi. Oybek, Tanlangan asarlar
Qarshi kelmoq
-
Ularning javoblari kechagi sizning oqlashingizga sira qarshi kelmaydir. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Ular bogʻdan chiqish oldida bir yigitga qarshi keldilar. Oybek, Tanlangan asarlar
Qarshi olmoq
-
Birov tund, birov ochiq chehra bilan qarshi oldi mehmonlarni. F. Musajonov, Himmat
-
Gulnor bu xabarni juda sovuq qarshi oldi. Oybek, Tanlangan asarlar
Qarshi turmoq
-
Dadasining uylanishiga qarshi turish uchun hech qanday asos topa olmadi. Oybek, Tanlangan asarlar
Qarshi tushmoq
-
Uning [Hasanalining] bu fikriga Kumush bilan onasi qarshi tushdilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Qarshi chiqmoq
-
Mexanizatsiyaga qarshi chiqishlar boʻlib turadimi, boʻlsa — qarshi chiqqan odamlarning dalil va isbotlari nimalardan iborat? A. Qahhor, Kartina
Qarshi quda
Qarshi quymoq
-
Yormat Yoʻlchini oʻz qoʻltigʻiga olib, boshqalarga qarshi qoʻyishni istar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
Qarshi hujum
-
Dushman jon holatda bor kuchini qarshi hujumga tashladi. Gazetadan
Har ehtimolga qarshi
QARSHI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАРШИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qarshi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar
Yangi so'zlar
- kechikish (latentlik)
- master-klass
- pleylist
- podkast
- french
- Sun’iy intellekt kod agentlari (AI Code Agents)