qoray
bilan ulashing
1. Qora tusga kirmoq; qora rang olmoq (
-
Oq kishmish, qora kishmish, Kishmish qorayib pishmish. Qoʻshiqlar
-
Tutab yotgan tutundan gʻorga kiraverishdagi toshlar qorayib ketgan. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Shox-shabbalari uchgan, yongʻindan qoraygan oʻrmonlar tuman orasida vahim bir sukut saqlardi. Oybek, Quyosh qoraymas
2. Qoraga moyil, toʻq rang olmoq (
-
Yoʻlchi quyosh va dala shamoli bilan bir oz qoraygan. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Xolmatjon suvsizlikdan qorayib ketgan bir tup niholni sugʻurib olmoqchi edi, ildizi bilan chiqmay, boʻgʻzidan uzildi. S. Ahmad, Ufq
3. Ifloslantiradigan narsalar qoplab, oʻz tiniqligi, toza rangini yoʻqotmoq; xira, kir tusga kirmoq.
-
Joʻravoy avvaliga pinagini buzmaydi, qorayib ketgan doʻppisini boshidan olib, kaftiga bir uradi-da, qayta kiyadi. Gazetadan
-
Ovqat pishdi. Qozonning rangi chiqib qoraygan goʻjaga qatiq ham rang kirgizolmadi. A. Qahhor, Anor
-
Yaxshiyamki osmon bor — yerdan koʻtarilgan qancha-qancha gʻuborlarni yutgani bilan qorayib ketmaydi. Mirmuhsin, Topilgan husn
4. Qorongʻilik bilan qoplanmoq; qorongʻilashmoq.
-
Quyosh bota boshlar gavjum qirlarga Qoraya-qoraya toʻshalar oqshom. A. Oripov, Yurtim shamoli
-
Ertasi atrof qorayarkan, Jondor vagonchini oʻz pinjiga olib, suhbatga joʻnadi. Oybek, Tanlangan asarlar
5. Boshqa narsalardan ajralib yoki gʻira-shira koʻrinmoq, sharpasi koʻrinmoq.
-
Chodir yonida soyadek qorayib turgan kishi oldida toʻxtab, engashib, uning betiga qaradi. S. Ahmad, Ufq
-
ikki tomondagi togʻ choʻqqilari osmon sathida elas-elas qorayib koʻrinar edi. O. Yoqubov, Izlayman
QORAY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚОРАЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qoray so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar