shim
bilan ulashing
1. Suyuqlik, havo va shu kabilarni ichiga yoki tarkibiga tortmoq, oʻziga singdirmoq.
-
Paxta yogʻni shimib oldi. Suvni yer shimib oldi.
-
[Gulnor] Ter, moy va changni yillarcha shimgan, jiyagi charmday qotib, kirdan yiltiragan bu doʻppini yana tozaladi, qoqdi, koʻzlariga surtib oʻpdi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. aynan Soʻrmoq I.
-
Qand shimmoq.
-
Oʻroq choʻntagidan konfet olib, ogʻziga tashlab shima boshladi. Y. Muqimov, Matonatli kishilar
-
Asalarining uyasi! Turgan-bitgani asal! Mana, mana, siqsang, asal oqadi. Bunisi oq mum, harom emas — shimsa ham boʻladi. A. Qahhor, Anor
-
Boʻksalaringni sandalga tiqib, issiqda qurut shimib yotibsanlar! S. Siyoyev, Yorugʻlik
SHIM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШИМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shim so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar