churra
bilan ulashing
Ichki aʼzolardan birining yoki ular bir qismining, masalan, ichakning osilib, biror boʻshliqqa ichki qorin pardasi bilan turtib chiqib qolishidan iborat kasallik; dabba.
-
Churra umurtqalararo diskdan chiqadigan boʻlsa, bel va oyoqlarga ogʻriq beradi, harakat cheklanadi. OʻzME
churra soʻzi qatnashgan jumlalar:
Churrasi tushmoq
-
Orqadan qudasining “huh“, huh deya ketmon urib, loy agʻdarishini eshitganida, koʻzidan yosh sirqib chiqdi: Churrasi tushib qolmasa edi. A. Muxtor, Kumush tola;
-
Toʻyning oʻzi boʻladimi, uncha-munchaning churrasini tushiradi. Shuhrat, Umr pogʻonalari
CHURRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧУРРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
churra so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar