chuv
bilan ulashing
undov so‘z Otni choptirish, oldinga undash uchun ishlatiladi. -
-
Chuv, ha! — dedi, qamchi chotdi, Urgan qamchi simday botdi. Shirin bilan Shakar
-
Chuv, deydi tulpor otni, Oti qildi gʻayratni, Goʻroʻgʻli sherday haybatli. Gulshanbogʻ
1. Arava oʻqining gʻildirakni tutib turadigan qulogʻi; chuv choʻp.
2. Chuvi chiqmoq Siri ochilmoq; yolgʻoni fosh boʻlmoq.
-
Yolgʻon gapning chuvi chiqar. Maqol
-
Bordi-yu Mamatovning chuvi chiqadigan boʻlsa, mening ham holimga maymunlar yigʻlashi turgan gap. J. Abdullaxonov, Xonadon
Qimorda toʻrt oshiqning yut-qiziq holati (bitta olchi, uchta chikka yoki bitta tovva, uchta pukka).
chuv soʻzi qatnashgan jumlalar:
Chuv tushmoq
-
Ochiq koʻksiga urib, oshiq otadi. Chuv tushib nechalar, kayf tarqatadi. Gʻayratiy
-
Toza chuv tushdik-ku! — Ortiq chidamay, oʻrnidan turib ketdi. M. Mansurov, Yombi
CHUV so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧУВ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan CHUV so‘ziga berilgan ma’nolar
chuv so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
chuv so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar