shilq
bilan ulashing
taql. s. Biror narsa urilganda yoki yopiq idishdagi suyuqlik chayqalganda hosil boʻladigan ohista tovushni bildiradi.
shilq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Shilq tushmoq
-
Toʻla Salimaning dagʻdagʻasini esladi-yu, Samadning gapiga shilq tushdi-qoldi. M. Ismoiliy, Bizning roman
Shilq etib
-
Bu yerda boʻlsa, qosh qoraymasdan, eshigining ichidan shilq etib zanjir soladi. H. Gʻulom, Mashʼal;
-
Muharram Elmurodning qoʻliga shilq etib tushdi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Oʻn besh qadamlar chamasi yugurgach, toʻsatdan taqqa toʻxtadi, soʻng shilq etib yiqildi. Yoshlik
-
Munisxonning issiq qoʻllari sovib, shilq etib choyshab ustiga tushdi. Oʻ. Umarbekov, Yoz yomgʻiri
SHILQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШИЛҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shilq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar