katta
bilan ulashing
1. zid. Hajmi, oʻlchami meʼyordan yoki nisbatan ortiq; ulkan; kichik.
-
Katta shahar. Katta hovli. Katta daryo. Katta soy. Katta tosh. Katta zal.
-
Traktor kesilgan katta daraxtlarning toʻnkasiga zanjir bogʻlab tortar, arra, bolta koʻtargan odamlar bularni kesib, qirqib, aravalarga yuklashar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Oʻroz qayerdandir katta tarvuz keltirib, oʻrtaga qoʻydi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. zid. Tarkib jihatdan meʼyoridan ortiq, ortiq miqdorli; kichik.
-
Katta qoʻshin. Katta jamoa.
-
Men — oʻn oltiga toʻlmagan qiz, birdan yot va katta oilaga tushib qoldim. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Kuch-qudrati, darajasi, salmogʻi yuqori; buyuk, zoʻr.
-
Katta gʻalaba. Katta tantana. Katta eʼtibor. Katta jasorat. Katta bayram. Katta mahorat. Katta tortishuv.
-
Bu kitobni oʻsha kechasi katta qiziqish bilan qoʻlga olarkan, eri Abdullaboy kelib qolib, [kitobni] qoʻlidan yirib oladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Boltaboy kechki ovqatdan keyin keldi. U juda katta ishni bitirib kelganday, ogʻzi qulogʻida boʻlib, nuqul sement toʻgʻrisida sementlab qilingan toʻgʻon qanchalik pishiq boʻlishi va hokazolar toʻgʻrisida gapirar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
4. Yosh jihatdan ulugʻ, yoshi ortiq.
-
Katta oʻgʻil. U mendan katta.
-
[Yusufbek hoji:] Oyim, har nima, siz kattasiz, Zaynab yosh, kattadan kichikka shafqat lozim. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
5. ot Yoshi katta kishi; qari, keksa.
-
Kattani hurmat qil. Kattalar gapiga quloq sol.
6. Xizmatdagi martabasi, unvoni, darajasi jihatdan (boshqaga nisbatan) yuqori.
-
Katta ilmiy xodim. Katta laborant.
7. koʻchma Koʻzga koʻringan; atoqli, mashhur.
-
Katta olim. Katta artist,
-
Bu — Abdulla fonuschi degan katta qiziqchi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Abdurahmonning amakilari Buxoroda katta mudarrislardan sanalar edilar. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Toshkentga butun mamlakatdan katta geolog olimlar kelishgan. S. Karomatov, Oltin qum
8. Yuqori lavozimdagi amaldor; rahbar, boshliq.
-
Shaharning kattalari.
-
[Tojiboy:] E, nodon Menga tegsang, jon-jon demaysanmi? Bir yurtning kattasi boʻlsam. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Odamlar tamom yigʻilgan boʻlsalar ham, kattalardan darak yoʻq. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
katta soʻzi qatnashgan jumlalar:
Katta xotin
Katta qilmoq
-
— Biz senlarni it azobida katta qildik-ku, — dedi shashtidan tushib Ibn Yamin. K. Yashin, Hamza
Kattani kesib, kichkina qilgan
Oʻzini katta olmoq (yoki tutmoq)
-
U [Mannon Uygʻur] hech mahal oʻzini katta tutmas barchaga barobar, bilimdon murabbiy edi. H. Nosirova, Men oʻzbek qiziman
Katta arava qayoqqa yursa, kichigi ham shu yoqqa yuradi
Katta boshini (yoki oʻzini) kichik qilib
-
Margʻilon degan shahardan katta oʻzini kichik qilib, qizi ila kelayotgan Mirzakarim akaga oʻgʻlining xoʻrlik keltirishidan choʻchidi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Katta gap
-
Oʻrtoq Muslim endi haqiqat kim tomonida ekanini tushunibdi, bu katta gap. N. Safarov, Tanlangan asarlar
-
Yoʻq, avval yurtning homiylari boʻlgan boyonlar oʻz oʻgʻillarini hozirgi zamon ilm-fununi bilan tarbiyalasinlar. Shu ham katta gap. Oybek, Tanlangan asarlar
Katta gapirmoq (yoki ketmoq)
-
— Hoy, bola, sal pastroq tush, — deydi yana birov uning [kuyovning] katta ketganiga jahli chiqib. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Sanga katta gapirib qoʻyganmiz, dumbul ishni azaldan yomon koʻraman-u, har qalay, ishimiz puxta boʻlmay, keyin burnimizni tishlab qolmasak, degan xavotirdaman. J. Abdullaxonov, Xonadon
Katta ogʻiz yoki ogʻzi katta
-
Otasining davlati, katta ogʻiz, hovliqma va takabbur onasining erkalashi qoʻshilib, qizga ortiqcha gʻurur bergan. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Machitga borib, vaʼz ayting. Ertaga Gʻuzorning ogʻzi kattalarini qalʼaga toʻplaymiz. Sh. Toshmatov, Erk qushi
KATTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАТТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
katta so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar