oq
bilan ulashing
1. Past tomonga qarab uzluksiz, surunkasiga harakat qilmoq, yurmoq (suyuqlik haqida).
-
Oldingdan oqqan suvning qadri yoʻq. Maqol
-
Qonqus tun boʻyi gʻazab bilan, alam bilan toʻlgʻanib oqdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Filatovning bir qoʻli qon oqayotgan yelkasida, ikkinchi qoʻli pulemyot lentasida, boshi quyi solingan edi. A. Qahhor, Oltin yulduz
2. Tez-tez tommoq, birin-ketin yumalamoq (tomchilar haqida).
-
[Qizning] Koʻzlaridan oqqan tomchilar quyoshda injuday yonadi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Oshno doʻstining koʻzlaridan duv-duv yosh oqayotganini koʻrdi, xoʻrlandi M. M. Doʻst, Lolazor
3. Suv oqimi bilan birga siljimoq, suzmoq.
-
Kelganlardan bir qismi soyning oʻrtasiga yetmasdan qaytishga majbur boʻldi. Ikki kishi oqib ketayozdi. A. Qahhor, Oltin yulduz
4. Quyilib kelmoq; oʻtmoq.
-
Oʻtkazgichlardan elektr toki oqa boshladi.
5. koʻchma Kelib, tushib turmoq.
-
Konveyerlardan don oqadi.
-
Xona ichiga quyoshning iliq yorqin ipagi jimgina oqdi. Oybek, Navoiy
6. Jarayon tarzida, koʻplashib biror tomonga yurmoq, oʻtmoq.
-
Otliqlar Oqmachit qiri tomon oqib borardi. T. Ashurov, Oq ot
-
Ertalabdan boshlab qishloq aholisi maktab tomon oqdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
7. Toʻkilmoq, osilib tushmoq.
-
Ikki atrofda paxtasining choʻgʻi qochgan dalalar goh choʻp boʻlib gʻoʻzapoyasi qolgan, goh paxtasi egatlarga oqib tushgan paykallar bilan almashinadi. M. Mansurov, Yombi
8. koʻchma Oʻtmoq, kechmoq.
-
Hayot bir maromda, bir izda oqa boshladi. S. Abduqahhor, Koʻzlar
-
Yillar oqar yillarni yuvib, Taqdiriga tan berar havas. A. Sher, Qadimgi kuy
oq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oqib kelmoq
-
Arzimas amalini, oqib kelib turgan harom-xarish pullarini deb, jufti halolidan kechgan kimsani nima deb atash kerak?! M. M. Doʻst, Yombi
OQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan OQ so‘ziga berilgan ma’nolar
oq so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
oq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar