oqar
bilan ulashing
1. Oq tusga kirmoq, oq tus olmoq.
-
Qor yogʻib, yerlar oqarib qolibdi.
-
Biz mehnatda topdik baxtimiz, Mehnatda soch oqarsa, mayli! Yo. Mirzo, Oʻgʻil mehri
-
Turgʻun: Yoʻq. Aksincha, oqaribsiz. Jindek ozib, yana ham chiroyli boʻlibsiz. N. Safarov, Hayot maktabi
-
Chinni piyolasimon chanoqlar oqarib koʻzga tashlanadi. S. Qodirov, Tong yulduzlari
2. Qonsizlanib yoki qoni qochib, qizillikni yoʻqotmoq, rangi oʻchmoq, boʻzarmoq.
-
Uning rangi oqarib ketdi.
-
Umri bir oqardi, bir qizardi-yu, meni quchoqlab yigʻladi. A. Qahhor, Xotinlar
-
Sobirga qaragan edi, u bir oqardi-yu, engashib, portfelini titkilashga tushdi. A. Koʻchimov, Halqa
3. Oʻngmoq, rangini yoʻqotmoq, aynimoq (koʻpincha, boʻyalgan narsalar haqida).
-
Ustidagi gimnastyorkasi yomgʻirda yuvilib, oftobda oʻngib, oqarib ketgan edi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Dehqon nigohi jiddiy, oliyjanob, ustida chakmon, oyogʻida oqarib ketgan mahsi. Fan va turmush
4. Yorugʻ boʻlmoq, yorishmoq.
-
Kechasi soat toʻrtdanoq sharq tomon oqara boshladi. Hademay tun oqaradi.
-
Adir tomondan ufq, xuddi parda orqasidan chiroq yoqqandek, oqarib kelyapti. S. Ahmad, Hukm
-
Mashhar tongi asta-sekin oqarib kelar, Koʻz oldimda sodir boʻldi Ulugʻ Qiyomat. A. Oripov, Yillar armoni
oqar soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kosasi oqarmagan
-
Ikromjon bundoq oʻylab qarasa, bu artist-mijoz sherigi bilan ishlaydigan boʻlsa, sira kosasi oqarmaydigan. S. Ahmad, Ufq
-
Oʻz ota-onasining raʼyini qaytargan bulaning hech qachon kosasi oqarmaydi! Mirmuhsin, Chiniqish
Ogʻzi oqarib qoldi
-
Ola buzoq tugʻib oldi, Ogʻzimiz ham oqarib qoldi. Gʻ, Gʻulom
-
Xudo xohlasa, ayni qish chillasida bolalarning ogʻzi oqarib qoladi, birodar! Yoshlik.
OQAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОҚАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
oqar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar