oqibat
bilan ulashing
Qadrdonlik, doʻstlik tuygʻusi, mehr, muhabbat va shundan kelib chiqadigan yaxshi munosabat; muruvvat.
-
Insonning insonga oqibati uzoq safarlarda bilinadi. Gazetadan
-
Ha, shumi hali, Boʻtaboy aka, oramizda puldan ham kattaroq narsa — mehr-u oqibat bor edi-ku. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
— Munavvarxon, qoqindiq, sizdan kelgan oqibat shumi? Boqqa bir bordingiz-u, badar ketdingiz,— deb ginaxonlik qilib koʻrishdi amma. S. Anorboyev, Mehr
1. Oxirgi yakun, natija.
-
Ishning oqibati.
-
Agar Bolta muallim uni sudrab ketmaganida, oqibati nima boʻlishi nomaʼlum edi. N. Norqobilov, Toʻqnashuv
-
Adolat arizasining oqibatini kutib yurdi. I. Rahim, Chin muhabbat
2. ravish Hamma narsa (voqea yoki harakatlar) boʻlib oʻtgandan keyin, oxiri, natijada, oxir-pirovardida, nihoyat.
-
Oqibat shu natijaga kelindi: mayli, Saidiyni qisman xabardor qilish kerak. A.Qahhor, Sarob
-
Tishchenko uni birmuncha vaqt shofyorlar kursiga tayyorlabdi, oqibat kirgizib ham qoʻyibdi. A. Qahhor, Jon figʻon
-
Tushdi seni deb boshima jabr-u sitam, hadsiz azob, Aql-u hushimdan oqibat begona boʻldim sogʻinib. Hamza
OQIBAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОҚИБАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
oqibat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar